Osiyo chempionatidagi navbatdagi medallar shodasi

260

Malayziyada velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha kattalar, yoshlar va parasportchilar o‘rtasida Osiyo chempionati davom etmoqda.Chempionatning navbatdagi kunida 3 va 4 km. masofaga o‘tkazilgan vaqt poygasi bellashuvlarida O‘zbekiston terma jamoasining 6 nafar vakili shohsupaga ko‘tarildi.

Osiyo chempionatining 4 km. vaqt poygasida Boymurod Yavqochev (C5), Abror Ibragimov (C4), Kamola Nurullayeva (C4) oltin, Azimbek Abdullayev (C5) esa kumush medalini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 3 km. vaqt poygasida G‘olibbek Mirzayorov (C2) oltin, Azizxo‘ja Olimxo‘jayev (C2) kumush medali bilan taqdirlandi.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha yosh qizlar o‘rtasida Samira Ismoilova va erkaklar o‘rtasida Dmitriy Bocharov kabi velopoygachilarimiz Osiyo chempioniga aylangan edi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA