G‘oliblar taqdirlandi
Nukus shahridagi 1-sonli sport maktabida mini futbol bo‘yicha “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vaziri kubogi”ning final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Davlatimiz rahbarining 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash doirasida mamlakatimizda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, ommaviy sportni rivojlantirish bo‘yicha mehnat jamoalari va hududlar o‘rtasida muntazam ravishda sport musobaqalari o‘tkazilib kelinmoqda.

Qizg‘in bahslarga boy bo‘lgan ushbu musobaqada birinchi o‘rinni Xo‘jayli tumanining “Jayxun”, ikkinchi o‘rinni Chimboy tumanining “Chimboy” hamda uchinchi o‘rinni Nukus shahrining “Nukus Stars” jamoalari egalladi.

Taqdirlash marosimida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vaziri A.Allanazarov ishtirok etib, g‘olib jamoalarni qutladi. Ishtirokchilarga kelgusi musobaqalarda omad tilab, sovrinli o‘rinlar egasi bo‘lishiga tilak bildirdi.
G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan diplom, hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri