Yosh karatechilarimiz Tailandda zafar quchdi
259
Tailand poytaxti Bangkok shahrida karate WKF bo‘yicha o‘tkazilgan jahon kubogi tasnifidagi “Tayland Karate Cup International Chempionships-2025” musobaqasida mamlakatimiz karatechilari munosib natijalarga erishdi.
20 ga yaqin davlatning eng sara sportchilari ishtirok etgan xalqaro musobaqada tajribali murabbiylar Dilshod Yusupov va Hamdamjon Shodibekov shogirdlari vatanimiz sharafini munosib himoya qildi. Bahslar sarhisobiga ko‘ra, karatechilarimiz 4 ta oltin va 4 ta kumush medalini qo‘lga kiritishdi.

Terma jamoamiz a’zolaridan Rustamjon Sobirov, Jaloliddin Aripov, Kamronbek Kamilov, Kamronbek Rustamjonov oltin, Saidkamol Adilov, Zubayir Azadov, Kamronbek Abduqayumov, Ziyovuddin Imomov kumush medallarga musharraf bo‘lishdi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA