Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 16-sanksiya paketini tasdiqladi

236

Sanksiyalar ro‘yxatiga Rossiya harbiy-sanoat kompleksini qo‘llab-quvvatlovchi 53 ta tashkilot kiritilgan. Ular orasida bir qancha  davlatlar kompaniyalari bor.

Xabarlarda qayd etilishicha, sanksiyalarga quyidagilar kiradi:

Rossiyaning sanoat salohiyatini (kimyoviy moddalar, plastmassa va kauchukning ayrim turlari) mustahkamlashga yordam beradigan tovarlar eksportiga va Rossiya Federatsiyasi hududi orqali tranzitiga qo‘shimcha cheklovlar;

Rossiyaning ba’zi portlari va aeroportlari bilan dronlar, raketalar va tegishli texnologiyalar hamda  butlovchi qismlarni RFga o‘tkazish yoki neft narxlari chegaralarini chetlab o‘tish uchun foydalaniladigan har qanday amaliyotlarni taqiqlash;

13 ta Rossiya bankining SWIFT tizimidan uzilishi.

Shuningdek, sanksiyaga Rossiyaning “Eurasia Daily”, “Fondsk, Lenta”, “News Front”, “RuBaltic”, “South Front”,  Strategik madaniyatlar fondi (Fond strategicheskoy kulturы), “Tvzvezda” kabi OAV eshittirish litsenziyalarini to‘xtatib turish kiritilgan.

S.Rahimov, O‘zA