Aliment o‘rniga uy hadya qilindi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumanlararo sudining 2023 yil 26 oktyabrdagi ijro hujjatiga asosan undiruvchi O.B.ning foydasiga tarbiyasidagi ikki nafar farzandining ta’minoti uchun qarzdor M.R.ning har oydagi jami daromadining 1/2 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.
Shunga asosan Majburiy ijro byurosi Nukus shahar bo‘limi xodimlari tomonidan ijro harakatlari olib borildi. Qarzdor ota aliment to‘lovlari o‘rniga o‘z nomidagi uyni farzandlariga berish istagini bildirdi.
Joriy yilning 12 fevral kuni taraflar birgalikda notarial idoraga borishdi va qarzdor o‘zining nomidagi Nukus shahrida joylashgan hovlisini farzandlarining biriga hadya qildi. Shundan so‘ng undiruvchi farzandlarining 18 yoshgacha bo‘lgan aliment nafaqa pullaridan voz kechishini bildirib ariza berdi va ijro harakati tugatildi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri