Yengil atletikani ommalashtirish masalasi ko‘rildi
Sport vazirligi va Milliy Olimpiya qo‘mitasi rahbariyati ishtirokida bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari saylov konferensiyasida Bojxona qo‘mitasi raisi Akmalxo‘ja Mavlonov O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasiga rais etib saylangan edi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosarlari va mas’ul xodimlaridan tashkil topgan ishchi guruh O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi mutasaddilari bilan uchrashdi.
Davra suhbati shaklida bo‘lib o‘tgan muloqotda hududdagi yengil atletika federatsiyasi bo‘limida sportchilarning mashg‘ulotlar o‘tkazishi uchun yaratilgan sharoitlar, mavjud muammo va kamchiliklar muhokama qilindi. Birinchi navbatda, bo‘limning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, sportchilar uchun munosib sharoitlar yaratish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida yengil atletika sport turini yanada ommalashtirish, yoshlar va o‘smirlar orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish bo‘yicha hamkorlikdagi chora-tadbirlar belgilab olindi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri