Para velosportchilarimiz Osiyo chempionatini oltin medal bilan boshladi
189

Malayziyada velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha kattalar, yoshlar va parasportchilar o‘rtasida Osiyo chempionati davom etmoqda.
Osiyo chempionatining dastlabki kunida jamoaviy sprint poygalarida startga chiqqan Azimbek Abdullayev, Azizxo‘ja Olimxo‘jayev hamda Kamola Nurullayevadan iborat terma jamoamiz oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Musobaqaning ikkinchi kuni doirasida quyidagi sportchilarimiz ishtirok etadi:
Yosh qizlar, keyrin — Alina Bakcheyeva;
Yosh qizlar, skretch — Roksana Hikmatova;
Yosh qizlar, guruh poygasi — Samira Ismoilova, Alina Bakcheyeva, Roksana Hikmatova, Nadejda Barteneva;
Yoshlar, skretch — Muhriddin Saparov;
Ayollar, chiqarib yuborish — Nafosat Koziyeva;
Erkaklar, chiqarib yuborish — Daniil Yevdokimov.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA