Tramp: Rossiya – Ukraina mojarosini hal etish bo‘yicha kelishuvga erishish imkoni bor

“The Guardian” nashri xabariga ko‘ra, AQSH Prezidenti Donald Tramp Putin va Zelenskiy uchrashishi zarurligini aytmoqda.
– Men otishma to‘xtashi, kelishuv tuzilishini xohlayman, – dedi Amerika rahbari Oq uyda. – O‘ylaymanki, buning imkoni bor.
U urushni tugatishga qat’iy bel bog‘laganini ta’kidlab, shu maqsadda Moskva bilan muzokara davom etishini qo‘shimcha qildi. Shuningdek, jurnalistlarga Ukraina bilan qimmatbaho metallar bo‘yicha kelishuv qaysi bosqichda ekani haqida ham maxlumot berdi:
– Natijaga juda yaqinmiz. Biz uch barobar ko‘proq, 300 milliard dollar sarmoya kiritdik, Yevropa esa 100 milliard. Ko‘hna qit’a kredit berdi, Bayden esa shunchaki pul bergan. Hech qanday foiz, kafolat yo‘q edi. Shuning uchun biz yangi kelishuv imzolashimiz kerak. Aks holda muammo chiqadi. Kafolat olishga kelishish shart.
Tramp ta’kidlashicha, Ukraina ham ayni qarorga ijobiy qaraydi:
– Bu jiddiy bitimga Ukraina ham rozi. Ukrainlar, hatto, vaziyatdan mamnun. Biz esa mablag‘imizni qaytarib olamiz. Mazkur kelishuv biz hokimiyatga kelishimizdan ancha oldin imzolanishi kerak edi.
BBC yozishicha, “Siz 9 may kuni Moskvadagi tadbirlarga borasizmi?” deb so‘rashganda, Tramp “Yo‘q, bormayman”, deya javob qaytargan.