Mers NATO tarqab ketishidan ogohlantirdi

Xristian-demokratik ittifoqdan Germaniya kansleri lavozimiga nomzod Fridrix Mers NATO hozirgi ko‘rinishda faoliyatini to‘xtatishi, AQSH esa alyans tarkibidan chiqishi mumkinligi haqida gapirdi, deb yozdi “RIA Novosti”.
– Donald Trampning Zelenskiy va Ukraina haqidagi bayonotidan keyin vaziyat o‘zgarayotgani oydinlashdi, – degan Mers. – Atlantika okeanida nizo tobora chuqurlashmoqda. Hozir “NATOning 70 yilligini Germaniya Federativ Respublikasida amerikaliklar bilan birga, hech qanday xavotirsiz nishonlay olamizmi yoki yo‘qmi? degan savolga javob topishimiz zarur. Va eng asosiysi, yevropaliklar nihoyat va qat’iy ravishda qit’a xavfsizligini o‘z qo‘liga olishi shartligini anglashi lozim.
23 fevral kuni Germaniyada parlament saylovi bo‘lib o‘tadi. “Die Welt” gazetasi siyosiy guruhlar imkoniyatiga oydinlik kiritish maqsadida o‘tkazgan so‘rov natijasiga ko‘ra, muxolifat – Xristian-demokratik ittifoq va Xristian-ijtimoiy ittifoq (XDI/XII blogi) birgalikda 30 foiz atrofida ovoz olib g‘alaba qozonishi taxmin qilinmoqda. O‘ta o‘ng qanot “Germaniya uchun muqobil yo‘l” partiyasi 20 foiz natija bilan so‘rovda ikkinchi o‘rinni egallagan. Amaldagi Kansler Olaf Shols rahbarligidagi Sotsial-demokratlar (SDP), “Yashillar” va “So‘l partiya” esa nisbatan kam qo‘llab-quvatlanishi kutilmoqda.