Raqamli texnologiyalar sohasidagi istiqbolli loyihalar muhokama qilindi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov hamda “Alpac Capital” kompaniyasining boshqaruvchi hamkori Luis Santos o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda O‘zbekistondagi raqamli texnologiyalar sohasidagi istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.

Shuningdek, soliq imtiyozlari, xorijiy kompaniyalar uchun yaratilgan sharoitlar haqida ma’lumot berildi.
O‘z navbatida, hamkorlikda IT ta’limni rivojlantirish, startaplarni qo‘llab-quvvatlash, raqamli texnologiyalar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Shu bilan birga, telekommunikatsiya sohasida kompaniya tajribasidan kelib chiqqan holda O‘zbekistonda ushbu sohani yanada rivojlantirishga qaratilgan loyihalar yuzasidan hamkorlik qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va kelgusidagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash masalalarini ko‘rib chiqdi.
N.Rahmonova, O‘zA