Yevroparlament: Yevropa endi AQSHga tayanmasligi kerak

224

Yevropa Ittifoqi umumiy manfatni himoya qilishda bundan buyon AQSHga suyanmasligi, aksincha xavfsizlikni ta’minlash mas’uliyatini o‘z qo‘liga olishi lozim. Ayni mazmundagi bayonot Yevroparlament yirik fraksiyalari tomonidan Ar-Riyodda olib borilgan AQSH – Rossiya muzokarasiga munosabat o‘laroq yangradi.

– So‘nggi voqealar, jumladan kecha Saudiya Arabistonida AQSH va Rossiya Federatsiyasi vakillari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan dastlabki muzokara asnosidagi siyosiy o‘zgarishlar ko‘rsatmoqdaki, YeI endi a’zo davlatlarning umumiy qadriyati va manfaatini himoya qilish uchun to‘liq Amerika hukumatiga tayanmasligi, mudofaa, xavfsizlik masalalarini mamlakatlarimiz o‘z zimmasiga olishi kerak, – deyilgan bayonotda. – Masalan, harbiy xarajatni oshirish va muvofiqlashtirish bo‘yicha shoshilinch choralar ko‘rish zarur.