Xitoyda o‘ta noyob josus-kamera yaratildi

Xitoylik olimlar Yerning past orbitasidan odam yuzi kabi tasvirni taniy oladigan, dunyodagi eng kuchli lazerli kamera yaratdi, deb yozdi “South China Morning Post” nashri.
Xitoy Fanlar akademiyasi Aerokosmik axborot tadqiqot instituti olimlari jamoasi avvalroq mamlakat shimoli-g‘arbida joylashgan Sinxay ko‘lida mazkur qurilmani sinovdan o‘tkazgan edi. Tajriba payti olimlar kamera orqali olingan yirik hajmga ega ma’lumotlarni qayta ishlash uchun 103 vattli lazerni real vaqtda raqamli ishlov berish bilan birlashtirgan.
Texnologiya mitti to‘lqinli sun’iy diafragma-radar tamoyiliga asoslangan, lekin optik to‘lqin uzunligida ishlaydi va mitti to‘lqindan foydalanadigan tizimga qaraganda ancha aniq tasvir yaratish imkonini beradi.
Kamera 100 kilometrdan oshiq masofadan millimetrgacha o‘lchamdagi suratni olish uchun ishlatilgan. Nashr ta’kidlashicha, bu ilgari qayd etilmagan mislsiz natija hisoblanadi.
Qurilma diametri 1,7 millimetrgacha bo‘lgan qismlarni tezda aniqlay olgan.
– Tafsilot darajasi ilg‘or josus-kamera va linza yordamida teleskop orqali ko‘riladigan tasvirdan 100 barobar sifatli, – deb yozgan gazeta. – Yangi ishlanma xorijiy harbiy sun’iy yo‘ldoshni tengsiz aniqlikda o‘rganish imkonini beradi.