Futbol: U20 Osiyo kubogining chorak finaldagi raqibimiz Janubiy Koreya
271

Bugun Xitoyda futbol bo‘yicha U20 yosh toifasida Osiyo kubogi guruh bosqichining so‘nggi o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. “D” guruhidan o‘rin olgan Janubiy Koreya – Yaponiya o‘rtasidagi bahs 1:1, Suriya – Tailand terma jamoalari qarama-qarshiligidagi uchrashuvda esa 2:2 hisobi qayd etildi.
Uchrashuvlarning bunday hisobda yakunlanishi ortidan O‘zbekiston terma jamoasi 23 fevral kuni o‘tadigan chorak finalda Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushishi ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, chorak finalda Saudiya Arabistoni – Xitoy (22 fevral), Avstraliya – Iroq (22 fevral), Eron – Yaponiya (23 fevral) kuch sinashadigan bo‘ldi.
U20 Osiyo kubogining final bahsi 2 mart kuni tashkil etiladi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA