Yosh shaxmatchilarimiz “Intellekt Akademiyasi Kubogi” sovrindori
213

Rossiya Federatsiyasining Novokuznetsk shahrida “Intellekt Akademiyasi Kubogi” xalqaro festivali doirasida o‘tkazilgan jamoaviy tezkor shaxmat turnirida mamlakatimiz yoshlari muvaffaqiyatga erishdi.
16 davlatning 40 ga yaqin jamoalari ishtirokida o‘tgan “Maktablarda shaxmat” dasturi doirasidagi bahslarda o‘zbekistonlik shaxmatchilar umumjamoa hisobida 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Murosasiz bahslarda terma jamoamiz a’zolaridan Saidov Sardor ikkinchi taxtada 2-o‘rinni, Nurmuhammad Nematillaxonov uchinchi taxtada 3-o‘rinni, Dilnoza Ikromova beshinchi taxtada 1-o‘rinni egalladi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA