Futbolchi qizlarimiz bugun xalqaro turnirdagi yurishini boshlaydi
193
Bugun Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida ayollar futboli bo‘yicha “Pink Ladies Cup – 2025” xalqaro turniri boshlanadi.

Joriy yilning 27 fevral kuniga qadar o‘tadigan mazkur turnirda O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasidan tashqari Rossiya, Hindiston, Janubiy Koreya, Iordaniya, Tailand kabi terma jamoalar ham ishtirok etmoqda.
Quyida terma jamoamizning o‘yinlari taqvimi bilan tanishing:
20 fevral (11:00).
O‘zbekiston — Koreya Respublikasi;
23 fevral (11:00).
O‘zbekiston — Iordaniya;
26 fevral (15:00).
O‘zbekiston — Tailand.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA