Yengil atletikachi yoshlar Nukusda bellashdi (video)

166

Nukus shahrida yengil atletika bo‘yicha 14-16 yoshdagi o‘g‘il-qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bahslari o‘tkazildi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan jami 450 nafardan ziyod sportchi qatnashdi.

Ishtirokchilar 60, 100, 200, 400, 800, 1000, 1500, 3000 metr masofaga yugurish, estafeta, uzunlikka va balandlikka sakrash hamda yadro uloqtirish shartlari bo‘yicha o‘zaro bellashdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, U-14 toifasida Navoiy viloyati jamoasi birinchi, Qashqadaryo viloyati jamoasi ikkinchi, sirdaryolik yoshlar uchinchi o‘rinni egalladi. U-16 toifasida g‘oliblik Qashqadaryo viloyati jamoasiga nasib etdi. Namangan va Samarqand viloyati jamoalari ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni zabt etdi.

G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Maqsad HABIBULLAEV (surat va video), O‘zA