Chim ustida xokkey bo‘yicha Qatar bilan hamkorlik
207

Qatarning Doha shahrida O‘zbekiston chim ustida xokkey federatsiyasi va Qatar xokkey federatsiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
O‘zbekiston chim ustida xokkey federatsiyasi raisi o‘rinbosari R.Axmatulin va Qatar xokkey federatsiyasi bosh kotibi Abdulla Aman Al-Xater ishtirokida o‘tgan uchrashuvda chim ustida xokkey sport turini yanada rivojlantirish, xalqaro aloqalarni kuchaytirish, o‘zaro tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.
Memorandum nafaqat ikki mamlakat, balki Osiyo qit’asida chim ustida xokkey sport turini rivojlantirish, iqtidorli sportchilarni aniqlashga qaratilgani bilan ahamiyatli.
T.Ro‘ziyev, O‘zA