Tramp Ukrainani saylov o‘tkazishga chaqirdi

AQSH Prezidenti Donald Tramp Ukrainada saylov o‘tkazilishi zarurligini aytdi, deb yozdi “New York Post” nashri.
Uning aytishicha, Zelenskiy 2019 yil saylangan va tegishli so‘rov Ukraina yetakchisi 50 foizdan sal ko‘proq qo‘llanganini ko‘rsatganiga qaramay, amalda 4 foiz ma’qullash reytingiga ega.
Avval 2024 yil aprelga belgilangan prezidentlik saylovi 2022 yil fevraldan buyon mamlakat harbiy holatda ekanligi bois o‘tkazilmadi. 2023 yil Zelenskiy mamlakat mudofaaga e’tibor qaratishi kerak bo‘lgan bir paytda saylov “siyosiy bo‘linish”ga olib kelishini aytdi.
Xabarda qayd etilishicha, o‘tgan hafta Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qilgandan so‘ng Trampning Ukraina Prezidentiga nisbatan siyosiy munosabati o‘zgargan. Xususan, Amerika rahbari Qo‘shma Shtatlar butun urush davomida Ukrainaga ajratgan mablag‘dan noto‘g‘ri foydalanilgani haqida ham gapirgan.
– Berilgan shuncha pul qayerda, qayoqqa ketyapti? – degan Tramp. – Men hech qachon bu haqdagi hisobotni ko‘rmaganman. Yuzlab milliard dollar beryapmiz. Shuning uchun tinchlikni ko‘rmoqchimiz. Hali suhbatlashish darajasida emasmiz, lekin vaziyat o‘nglanmas ekan, masalani muhokama qilish kerak, albatta. Jarayonni biz boshlamadik. Shunchaki, muloqotni boshlash to‘g‘risida kelishuv bor edi.
AQSH Prezidenti, shuningdek, Ukraina Rossiya bilan urushni “boshlagan davlat” ekanini ham ta’kidlagan.
G.Sattorova, O‘zA