Zelenskiy Ar-Riyoddagi AQSH – Rossiya muloqotini “syurpriz” deb atadi

AQSH va Rossiya vakillari Saudiya Arabistonida muzokara o‘tkazgan bo‘lsa, Turkiya rahbari Rejep Tayyip Erdog‘an Anqarada Vladimir Zelenskiy bilan uchrashdi.
Ukraina yetakchis kecha kechqurun Birlashgan Arab Amirliklaridan Turkiya poytaxtiga uchib keldi.
– Saudiya poytaxtidagi muzokara Ukraina uchun kutilmagan voqea, – deyilgan “Anadolu” xabarida. – Bu haqda Prezident Zelenskiy Erdog‘an bilan birga Anqarada o‘tkazgan qo‘shma matbuot anjumanida aytdi.
U Turkiyaning mehmondo‘stligi, o‘zaro muloqotga jiddiy va konstruktiv yondashganidan mamnunligini bildirib shunday degan:
– Munosabatlarimiz yuqori darajada, buning uchun janob Erdog‘anga va butun turk xalqiga minnatdorlik bildiraman, dedi. Siyosatchi Turkiya ukrainalik harbiy xizmatchilarni, tinch aholi vakillarini asirlikdan ozod qilishga yordam berganini esladi. Shuningdek, mamlakat Ukrainaning hududiy yaxlitligi va suvereniteti borasida o‘ta prinsipial pozitsiyada ekanini yuqori baholadi.
Prezident yaqinda Ukrainaning Anqaradagi elchisi etib tayinlangan Narimon Jalol ham 3 yil tutqunlikda saqlanganini eslatdi.
– Barcha ukrainalik mahbuslar uyiga qaytsin, – deya qo‘shimcha qildi Ukraina rahbari. – Ular o‘z oilasi bilan tinch, osoyishta yashasin. Asirlarni Ukrainaga qaytarishimiz kerak. Ar-Riyoddagi Rossiya – AQSH muzokarasi biz uchun kutilmagan qadam bo‘ldi. Bu haqda ommaviy axborot vositalaridan bildik.
M.Pirmatova, O‘zA