Jiu-jitsuchi yoshlarimiz Osiyo chempionatida

213

Tailandning Bangkok shahrida jiu-jitsu bo‘yicha o‘tayotgan Osiyo chempionatining turli yosh toifalari o‘rtasidagi bahslarda hamyurtlarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Chempionatning U-16 toifasida Allayar Bag‘bergenov -48 kg. vazn toifasida oltin medalni, Shamshodbek Samadov -62 kg. vaznda bronza medalni qo‘lga kiritdi. “Fighting” yo‘nalishida Samandar Shomurodov -56 kg. vazn toifasida, yoshlar o‘rtasida Bahodir Ahmadjonov -77 kg. vaznda, U-18 toifasida -52 kg. vaznda Muhammadsamir Mirzaboyev, -48 kg. vaznda Alisher Farhodov bronza medallariga sazovor bo‘ldi.

Shuningdek, U-14 yo‘nalishida Kamola G‘ulomova -36 kg. vaznda “nevaza” va “fighting” yo‘nalishlarida bronza sohibiga aylandi.

Musobaqalar davom etmoqda.

T.Ro‘ziyev, O‘zA