Rossiya va Ukraina bo‘yicha muzokara davrasida yevropaliklar uchun joy bormi?

223

Tugayotgan haftada AQSH Prezidenti Donald Tramp va RF yetakchisi Vladimir Putin telefon orqali suhbatlashib, Rossiya – Ukraina mojarosini hal qilish bo‘yicha muzokarani tezroq boshlash bo‘yicha qaror qabul qildi.

Suhbat chog‘ida ikki yetakchi Yaqin Sharqdagi vaziyatni tartibga solish, Eron yadro dasturi, iqtisodiy sohadagi ikki tomonlama munosabat kabi muhim masalalarni ham muhokama qilgan, shaxsiy aloqalar, jumladan o‘zaro uchrashuvlarni davom ettirishga ham kelishib olgan.

Tabiiyki, Tramp-Putin suhbatiga G‘arb ommaviy axborot vositalari turlicha munosabat bildirmoqda. Masalan, “Bloomberg” agentligi shunday yozdi:

– Bu Bayden yurgan yo‘ldan keskin chiqib ketishdir. Rossiya 2022 yil Ukrainaga qarshi harbiy amaliyot boshlagandan beri rahbarlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatilmagan. Amerika siyosati RFga qarshilik ko‘rsatish uchun Ukrainani pul va qurol bilan ta’minlashga qaratilgan. Jarayon hozir tez o‘zgarmoqda. Hozirgacha Vashingtonning yondashuvini ma’qullab kelgan Yevropa yetakchilari endi bu chaqiriqdan hayratda qolishdi. Ayrimlar bu holatni “Tramp Ukrainani topshirayotganidan dalolat”, deyishmoqda.

Пропаганда против новостей: почему западные SМИ теряют свои позиции - 10.07.2020, Sputnik Узбекистан

The Times” fikricha, Putin bilan 90 daqiqalik telefon suhbati Moskvada Rossiyani yakkalab qo‘yish va Kreml rahbarini xalqaro miqyosda chetlatishga urinish muvaffaqiyatsizlikka uchragani dalili sifatida ko‘rilmoqda. Kiyev bo‘lajak tinchlik muzokarasidan chetlatilib, muhim diplomatik qarorlar qabul qilinishida ishtirok etmasligi ta’minlanishi mumkin, qabilidagi xavotir kuchaymoqda.

Indepedent” gazetasi sha mavzuda yozarkan, Baydenning Kiyev har qanday qarorda to‘liq ishtirokchi bo‘ladi, degan tamoyili buzilganini ta’kidlagan.

Germaniyada chiqadigan BILD gazetasi bu borada yanayam keskin munosabat bildirib, Putin Ukraina bilan urushda g‘alaba qozondi, deb yozdi.

– Putin chapak chaladi, – deydi Bundesverning Myunxen universiteti xalqaro siyosat professori Karlo Masala nashrga bergan intervyusida. – Uning uchun eng yaxshi ehtimoliy yakun yaqin. Yevropa xavfsizlik kuchlari Rossiyani bir necha yil ichida Ukrainaning qolgan qismiga ham hujum uyushtirishdan to‘xtata olmaydi. Shu tariqa RF bu urushda g‘alaba qozondi. Putin amerikaliklar mojarodan chiqib ketishiga erishdi. Ukraina va Yevropa boshi uzra olib borilayotgan muzokara davrasida kzhna qit’a vakillariga joy qolmaydi. Biz natijani qabul qilishimiz kerak va  afsuski, bu Ukrainaga ham tegishlidek tuyuladi.

S.Rahimov, O‘zA