Tramp Hindiston uchun foydali shartnoma taklif qildi

206

Bosh vazir Narendra Modi Trampning “Amerikani yanada buyuk qilish” shiori Hindistonga ham tegishli ekanini ta’kidladi, deb yozdi “Arab news” nashri.

Bu ikki buyuk davlat rahbari o‘zaro muzokara chog‘ida savdo aloqalarini kuchaytirish borasida fikr almashdi. Ayni payt Hindistonga eng zamonaviy samolyotlarni sotib olish taklifi berildi.

Tramp hokimiyat tepasiga qaytgandan keyin Oq uyga tashrif buyurgan to‘rtinchi yetakchi sifatida Modi hamkasbini do‘st, deb atadi.

G‘ayri tabiiy tuyulsa-da, Tramp kamtarlik qilib, Modini “o‘zidan ham keskinroq muzokarachi” deya maqtadi.

– Shu yildan boshlab Hind diyoriga harbiy aslaha sotuvi miqdorini milliardlab dollar oshiramiz, – dedi Tramp. – Shuningdek, Hindistonga G‘-35 yashirin qiruvchi samolyotlari berish yo‘lini ham izlayapmiz.

Mehribonu Qobiljonova, O‘zA