AQSH razvedkasi: Isroil Eron yadro inshootlariga hujum qilishi mumkin

AQSH razvedkasi Eronning yadroviy ob’ektlariga zarba berilishi mumkinligidan ogohlantirdi, deb yozdi “Wall Street Journal” rasmiylarga tayanib.
Nashr yozishicha, Prezident Jo Bayden ma’muriyatining so‘nggi kunlari AQSH maxsus xizmati Isroil raqibining “zaifligi”dan foydalanib, 2025 yil Eron yadro inshootlariga keng ko‘lamli zarba berish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqida xulosa chiqargan.
Razvedka ma’lumotlari bilan tanish ikki kishi Isroil Donald Tramp ma’muriyatini hujumni qo‘llab-quvvatlashga undaydi, degan xulosaga kelgan. Ular Tramp Eronning yadroviy qurolga ega bo‘lishga urinishini to‘xtatish yo‘llari qolmayotganidan qo‘rqib, buni Baydendan ko‘ra ko‘proq xohlashiga ishonadi.
– AQSH razvedka hamjamiyati Tramp ma’muriyatining dastlabki kunlaridagi ikkinchi hisobotini e’lon qildi, – deya qo‘shimcha qilgan maqola muallifi. – Hujjatda Isroil Eron yadro ob’ektlariga zarba berish masalasini ko‘rib chiqayotgani eslatilgan. Amerika harbiylari Isroil kuchli himoyalangan va mustahkamlangan yadro ob’ektlariga hujum qilish uchun Vashingtonning harbiy yordami va o‘q-dorisi kerak bo‘lishi mumkinligini ta’kidlagan.
Prezident Tramp 5 fevral kuni Eron bilan yadroviy tinchlik kelishuviga erishmoqchiligini aytgandi. U mazkur bitim Eronga tinch yo‘l bilan rivojlanishi va gullab-yashnash imkonini berishini qayd etib, ikkinchi tomonni zudlik bilan ish boshlashga chaqirgan. Eron Tashqi ishlar vazirligi Vashingtonning “Tehron yadroviy qurol yaratishga intilmoqda”, deya berayotgan bayonotini yolg‘on deb atagan.