
Turizm qo‘mitasi raisi U.Shadiyev Jakarta shahrida Indoneziya Din ishlari vaziri N.Umar bilan uchrashdi. Muzokaralarda Din ishlari qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari D.Maxsudov ham ishtirok etdi.
Muloqot chog‘ida Indoneziya Din ishlari vaziri N.Umar O‘zbekistonning ziyorat va turizmning boshqa turlari bo‘yicha indoneziyalik sayyohlar uchun jozibador mamlakatga aylanishi uchun barcha imkoniyatlar mavjudligini ta’kidladi.



Uchrashuv yakunida ziyorat turizmi marshrutlari va “Umra+” dasturini tayyorlash uchun indoneziyalik mutaxassislarni jalb qilish, shuningdek, islom fanlari universitetlarida tahsil olayotgan talabalar uchun ta’lim turizmi dasturlarini kengaytirishga kelishildi.
Muhayyo Toshqorayeva,
O‘zA