Yevropa tashqi ishlar vazirlari: Ukraina va Yevropa bo‘lajak muzokarada qatnashishi shart

277

Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya yetakchilari Ukraina kelajagi bo‘yicha munozarada o‘zlarining ishtiroki muhimligini ta’kidlamoqda, deb yozdi BBC.

Ko‘hna qit’aning yetti davlati tashqi ishlar vazirlari va Yevropa Komissiyasining kecha Parijda bo‘lib o‘tgan uchrashuvidan so‘ng quyidagi Qo‘shma bayonot e’lon qilingan:

– Ukrainaga yordamni kuchaytirishga tayyormiz. Rossiyaning bosqinchilik urushi asnosida ushbu davlat mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligi ta’minlanishi kerak, degan fikrda sobitmiz. Hamkorimizni adolatli, keng qamrovli va mustahkam tinchlikka erishilgunga qadar qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz. Tinchlikka erishsak, Ukraina va bizning manfaatimiz kafolatlanadi. Amerikalik ittifoqchilar bilan birga ushbu masala muhokama qilinishini sabrsizlik bilan kutyapmiz. Ukrainani kuchaytirish umumiy maqsadga aylanishi zarur. Ukraina va Yevropa har qanday muzokarada ishtirok etishi shart. Ukraina kuchli xavfsizlik kafolati bilan ta’minlanishi lozim. Adolatli va mustahkam tinchlik kuchli transatlantik xavfsizlikning zarur shartidir. Eslatib o‘tamiz, qit’a xavfsizligi umumiy mas’uliyatimizdir. Shuning uchun jamoaviy mudofaa qobiliyatini mustahkamlash uchun birga harakatlanamiz.

Mazkur bayonot Donald Tramp Vladimir Putin bilan urushni “zudlik bilan” tugatish bo‘yicha muzokara boshlashga kelishib olganini aytgandan keyin yangradi.

Kecha AQSH Mudofaa vaziri Pit Xegset Ukrainaning 2014 yildan oldingi chegaralariga qaytishi “ehtimoli yo‘q” mazmunida fikr birlidrgandi.

Musulmon Ziyo, O‘zA