Futbolchilarimiz Osiyo kubogining ilk o‘yinida g‘alaba qozondi

267

Xitoyda davom etayotgan futbol bo‘yicha U20 Osiyo kubogida Farhod Nishonov boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi ilk o‘yinini o‘tkazdi.

“S” guruhidan o‘rin olgan Yaman termasiga qarshi uchrashuvda futbolchilarimiz 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yinda Muhammadali O‘rinboyev terma jamoamizning yagona goliga mualliflik qildi. Endi 16 fevral kuni guruh bahslarining 2-turida O‘zbekiston termasi indoneziyalik tengqurlariga qarshi maydonga tushadi.

Shuningdek, “B” guruhida Iroq va KXDR terma jamoalari o‘zaro raqobatlashdi. Mazkur bahs 1:1 hisobida yakunlandi.

Eslatib o‘tamiz, bugun Osiyo kubogi doirasida “S” guruhida Eron va Indoneziya, “B” guruhida esa  Iordaniya hamda Saudiya
Arabistoni uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA