Talabalar qulayliklardan mamnun

FOTOREPORTAJ
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining yangi qurib, foydalanishga topshirilgan 400 o‘rinli talabalar turar-joyida zamonaviy sharoit va barcha qulayliklar yaratilgan.
“Ellikqala Maxsus Qurilish” MCHJ qurilish korxonasi tomonidan bunyod etilgan majmua zarur jihozlar, elektr pechlari, muzlatkich, kir yuvish mashinalari, mikroto‘lqinli pech va suv isitish uskunalari bilan ta’minlangan. Shuningdek, davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusni talabalar orasida ommalashtirish maqsadida bino zamonaviy axborot texnologiyalari, kompyuter, chet tillarini o‘rganish xonalari, tikish-bichish, hunarmandlik ustaxonalari, axborot resurs markazi, shaxmat-shashka, san’atga qiziquvchi yoshlar uchun to‘garaklar tashkil etilgan.
– Men talabalikka qabul qilinishimdan avval tikuvchilik bilan shug‘ullanar edim, – deydi universitet talabasi Aynura Jalgasbayeva. – Yangi barpo etilgan yotoqxonamizda tikuvchilik ustaxonasi borligidan juda quvondim. Endi o‘qishdan bo‘sh paytlarim tikish ishlari bilan ham shug‘ullanishim mumkin.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA