Prezident: sport – sog‘lom xalq, sog‘lom jamiyatning tayanch ustunidir

421

Prezident raisligida 2028 yilgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlikni kuchaytirish, ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

–O‘z oldiga buyuk maqsadlar qo‘ygan xalq faqat sog‘lom va baquvvat bo‘lgan taqdirdagina ko‘zlagan marralariga erisha oladi. El-yurtning sog‘lom bo‘lishi, ulkan ishlarga qodir bo‘lishida esa, hech shubhasiz, jismoniy tarbiya va sportning ahamiyati beqiyos.

Bugun biz dunyoga ochiq, ijtimoiy va iqtisodiy rivojlangan davlat – Yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha o‘z oldimizga katta maqsadlar qo‘ymoqdamiz.

Har bir inson, har bir ota-onaning orzusi va niyati jismoniy va ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalashdir. Bunga esa jismoniy tarbiya va sportsiz erishib bo‘lmaydi.

Bir so‘z bilan aytganda, sport – sog‘lom xalq, sog‘lom jamiyatning tayanch ustunidir. Shu bilan birga, sport – bu avvalo tinchlik elchisi, har bir davlat uchun milliy g‘urur manbai, – dedi davlatimiz rahbari so‘zining avvalida.

O‘zA