MIB: hujjatlarning ijrosi ta’minlanmoqda

187

Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tuman bo‘limi tomonidan banklar foydasiga undiruvlarni nazarda tutuvchi ijro hujjatlar ijrosi yuzasidan amaliy ishlar qilinmoqda.

Jumladan, o‘tgan 2024 yil davomida jami 61 milliard 296,1 million so‘mlik 1 ming 206 ta ijro hujjati tamomlanib, shundan 43 milliard 794,8 million so‘mlik 517 ta ijro hujjatining ijrosi amalda bajarilishiga erishildi.

Shuningdek, bo‘lim tomonidan banklar foydasiga kredit qarzdorlikni undirish hamda undiruvni qarzdorning garov mulkiga qaratish haqidagi ijro ishlarining bajarilishiga erishilmoqda.

Masalan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudining 2024 yil 2 dekabrdagi ijro hujjati asosida javobgar A.Allambayevdan CHEKI “Hamkorbank” aksiyadorlik-tijorat banki foydasiga 185,6 million so‘m undirish belgilangan. Javobgar tomonidan ijro hujjati talabi ixtiyoriy ravishda bajarilmaganidan so‘ng, unga tegishli bo‘lgan kreditga olingan “Malibu” rusumli avtomashina tegishli tartibda xatlanib, joriy yil elektron onlayn auksion savdolariga chiqarildi.

Bugungi kunda bo‘lim tomonidan bank undiruvi bo‘yicha ijro harakatlari davom etmoqda.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri