
Birlashgan Arab Amirliklarining Fujayra shahrida taekvondo WT bo‘yicha G2 tasnifidagi «Fujayra Open – 2025» musobaqasining kattalar o‘rtasidagi bellashuvlari o‘z yakuniga yetdi. Unda ayollar o‘rtasidagi bahslar o‘tkazildi.
Quvonarlisi, Madina Shoniyozova, Zuhra Tojimatova, Dilnoza Tangirova, Shabbona Abduvaliyeva, Ozoda Sobirjonova hamda Svetlana Osipova kabi taekvondochilarimiz mamlakatimiz sharafini himoya qilib, 1 ta oltin va 5 ta bronza medaliga ega chiqdi.
Aniqroq aytadigan bo‘lsak, bellashuvlarda Svetlana Osipova (+73 kg) oltin, Madina Shoniyozova (46 kg), Zuhra Tojimatova (46 kg), Laylo Hasanova (49 kg), Shabbona Abduvaliyeva (57 kg) va Ozoda Sobirjonova (67 kg) bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha nufuzli turnirning erkaklar o‘rtasidagi bellashuvlarida vazni 80 kilogrammgacha bo‘lgan Jasurbek Jaysunov barcha raqiblarini yengib, oltin medal sohibiga aylangan bo‘lsa, Najmiddin Qosimhojiyev kumush, Yodgorbek Jo‘raboyev (74 kg.) esa bronza medaliga sazovor bo‘lgan edi.
Shu tariqa, «Fujayra Open – 2025» turniri o‘zbek taekvondochilari uchun muvaffaqiyatli yakunlandi. Umumiy hisobda milliy termamiz musobaqani 2 ta oltin, 1 ta kumush va 6 ta bronza jami 9 medal bilan kuchli uchlikda yakunladi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA