Yosh kitobxonlar maskani
FOTOREPORTAJ
Nukus shahridagi Respublika bolalar kutubxonasida yosh kitobxonlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Maskanning kitob fondi 77 ming 245 nusxadan iborat. Elektron resurslar soni 12 ming 583 tani tashkil etadi. Kutubxonadan foydalanuvchilarning umumiy soni 10 ming 700 dan ziyod. Barcha kompyuterlar lokal tarmoqqa ulangan, Wi-Fi internet zonasi mavjud.
Yosh kitobxonlar ishtirokida turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, yozuvchi-shoirlar bilan uchrashuv kechalari, kitobxonlik tanlovlari, yangi adabiyotlar taqdimoti, interaktiv viktorina o‘yinlari o‘tkazib borish yaxshi an’anaga aylangan.
Kutubxonada shuningdek, “Jajji bolajonlar”, “Ijodkor bolalar” hamda ingliz tili to‘garaklari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA