“Harbin-2025” qishki Osiyo o‘yinlarining 3-kungi bahslaridan fotoreportaj

455

Milliy axborot agentligi – O‘zA fotomuxbiri Alimurod MAMADAMINOV qishki Osiyo o‘yinlaridan xabar qiladi.

Bugun “Harbin-2025” qishki Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida sportchilarimiz 4 ta sport turida 13 nafar sportchi bilan ishtirok etdi.

Short-trek bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Daniel Yeybog qishki Osiyo o‘yinlaridagi ishtirokini yakunladi. 1000 metrlik masofada kechgan bahsda yurtdoshimiz 1:27:705 daqiqa bilan o‘z guruhida to‘rtinchi bo‘ldi. Biroq bu yarim final yo‘llanmasi uchun kamlik qildi.

Konkida 5000 metr masofaga yugurish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Danila Semerikov ishtirok etdi.

Yurtdoshimiz 6:39:71 daqiqa qayd etib, musobaqani oltinchi pog‘onada yakunladi.

Qishki Osiyo o‘yinlari doirasida tog‘ chang‘isi bellashuvlari nihoyasiga yetdi. Erkaklar o‘rtasida kechgan slalom dasturida Arman G‘ayupov 6-, Nikita Gorkovskiy 14-natijani qayd etdi. Medet Nazarov esa bahs davomida belgilangan yo‘nalishdan chiqib, ishtirokini tugata olmadi.

“Harbin – 2025” qishki Osiyo o‘yinlari 14 fevralga qadar davom etadi.

Muhammad  AMIN (surat), O‘zA fotomuxbiri