IX qishki Osiyo o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

264

Xitoyning Harbin shahrida IX qishki Osiyo o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

34 davlatning sport delegatsiyalari ishtirok etgan o‘ziga xos sport bayramida Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin IX qishki Osiyo o‘yinlarini ochiq deb e’lon qildi.

Bir qator qit’a davlatlarining prezidentlari, hukumat vakillari ishtirok etgan tantanali ochilish marosimida 34 ta mamlakat bayrog‘i olib o‘tildi. Ular qatorida mamlakatimiz bayrog‘ini chang‘i alpinizmi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Jasur Shamsiddinov hamda Feruza Boboqulova “Harbin-2025” maydoni uzra sarbaland etdi.

Ochilish marosimida rasmiy mehmonlar qatorida O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari O.Umarov, sport vaziri A.Ikromov, MOQ bosh kotibi O.Qosimov, O‘zbekistonning Xitoy Xalq Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi F.Arziyev ishtirok etdi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA