TrampXJSga sanksiyalar joriy etish haqidagi farmonni imzoladi

182

AQSH prezidenti Donald Tramp Xalqaro jinoiy sudga (XJS) sanksiyalar joriy etish haqidagi farmonni imzoladi. Bunga Qo‘shma Shtatlarning yaqin ittifoqchisi bo‘lgan Isroilga nisbatan tergov harakatlari ochilgani sabab bo‘lgan, deb yozmoqda “Euronews” nashri.

Yaqinda XJS Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxuni falastinliklarga nisbatan qilgan jinoyatlari uchun hibsga olish uchun order bergan edi.

Trampning bu qarori esa Netanyaxu Vashingtonga tashrif buyurgan paytga to‘g‘ri keldi. Ikki davlat yetakchisi seshanba kuni Oq uyda muzokaralar o‘tkazgan.

Imzolangan hujjatda aytilishicha, “qonunbuzarliklar” uchun mas’ul bo‘lganlar “aniq va muhim oqibatlarga duchor bo‘ladi”. Harakatlar mulk va aktivlarni blokirovka qilish, shuningdek, XJS rasmiylari va ularning qarindoshlari AQSHga kirishiga ruxsat bermaslikni o‘z ichiga olishi mumkin.

– Dunyo bo‘ylab inson huquqlari poymol qilingan jabrdiydalar boradigan joyi qolmagach, Xalqaro jinoyat sudiga murojaat qilishadi, xavotirli jihati shundaki, prezident Trampning farmoni adolat mezonlarini qiyinlashtiradi, – dedi Milliy xavfsizlik loyihasining advokati Charli Xogl.

Uning aytishicha, bu buyruq “ham javobgarlikka, ham so‘z erkinligiga hujumdir”.

Musulmon Ziyo, O‘zA