“Universiada – 2025″da kuchli badminton jamoalari aniqlandi

277

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida “Universiada – 2025” sport musobaqalarining badminton bo‘yicha respublika final bosqichi bahslari bo‘lib o‘tdi.

Ikki kun davomida kechgan shiddatli bellashuvlarda respublikamizning barcha hududlaridan kelgan 120 nafarga yaqin talaba-sportchilar yakkalik, juftlik hamda aralash dasturlarda g‘oliblik uchun kurash olib bordi.

O‘tkazilgan musobaqalar sarhisobiga ko‘ra, umumjamoa hisobida Toshkent viloyati jamoasi 1-o‘rinni egalladi. Keyingi pog‘onalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va poytaxt badmintonchilari joy egalladi.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar  medal, diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA