Daily Mail: Tramp Ukrainadagi ziddiyatni 20 aprelgacha tugatmoqchi
AQSH prezidenti Donald Tramp Pasxa bayrami munosabati bilan Rossiya va Ukraina o‘rtasida tinchlik bitimini ta’minlashga intilmoqda. Bu haqda “Daily Mail”nashri yozib chiqdi.
Qayd etilishicha, sulh rejasi quyidagi bandlarni o‘z ichiga oladi:
20 aprelgacha sulh;
Ukrainaning NATOga kirishini taqiqlash;
Ukraina qo‘shinlarining Kursk viloyatidan olib chiqilishi;
Ukrainani tiklash uchun 486 milliard dollar miqdorida xalqaro yordam.
Avvaliga Zelenskiy va Putin o‘rtasida telefon qo‘ng‘iroqlari, so‘ngra fevral oxiri yoki mart oyining boshlarida ikki davlat yetakchilari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazilishi kutilmoqda. Shuningdek, 9 mayga qadar o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha rasmiy bayonot berilishi ko‘zda tutilgan va Ukrainadan harbiy holatni uzaytirmaslik so‘raladi.
Qolaversa, Tramp Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etadi va uning 2030 yilgacha YeIga qo‘shilishi haqida o‘ylab ko‘radi, shu bilan birga, Rossiyaga qo‘llalanilayotgan energiya sanksiyalari bekor qilinadi, tariflardan olingan mablag‘lar Ukrainani qayta tiklash uchun yo‘naltiriladi.
S.Rahimov, O‘zA