Tekshiruv harakatlari boshlandi

Joriy yil 5 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali Nukus shahrida joylashgan xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyachi bolalarga qo‘pol munosabatda bo‘lganligi va boshqa salbiy holatlar aks ettirilgan videolar tarqaldi.
Ushbu holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi rasmiy munosabat bildirdi. Unda qayd etilishicha, videolavhada aks etgan holat 2024 yil noyabr oyida Nukus shahrida joylashgan xususiy maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi R.Sh. va yordamchi tarbiyachi D.S. tomonidan sodir etilgan.
Mazkur holat yuzasidan Nukus shahar prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib bormoqda. Natijasiga ko‘ra, qonuniy qaror qabul qilinishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan nazoratga olindi.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri