O‘zA muxbirlari taqdirlandi

171

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashida O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (O‘zA) qayta tashkil etilganligining 33 yilligi munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublika Kengashi raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi partiya fraksiyasi rahbari Xalilla Yeshimbetov yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni, jamiyatimizda kechayotgan ulkan o‘zgarishlar va yangilanishlarni tezkor yoritib borishda O‘zbekiston Milliy axborot agentligining jamiyatdagi o‘rniga alohida to‘xtaldi.

Ta’kidlanganidek, jamiyatimizning tobora demokratlashib borishi va siyosiy-huquqiy islohotlarning chuqurlashuvi siyosiy partiyalar oldiga yangi-yangi vazifalar qo‘ymoqda. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tomonidan mamlakatimiz mustaqilligini asrash va mustahkamlash, Vatanimizning gullab-yashnashi, mamlakatda ijtimoiy barqarorlik, fuqarolar va millatlar o‘rtasidagi hamjihatlik, har bir oila hamda butun xalqning farovonligiga erishish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Partiyaning  Qoraqalpog‘iston Respublika Kengashi tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun sharoitlarni yanada yaxshilash, aholimizning pensiyaga chiqishdagi kafolatli huquqlarini yanada mustahkamlash, yangi tug‘ilgan bolalarni tarbiyalashda ota-onalarni qo‘llab-quvvatlash va ularni bolalarga uzoq muddatli sarmoya kiritishga yanada faol jalb qilish maqsadida barcha yangi tug‘ilgan bolalar uchun “bolalar depozitlari”ni ochish loyihasi kabi qator tashabbuslarni ilgari surmoqda.  Partiya tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarni ommaga yetkazishda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xizmati alohida ekanligi qayd etildi.

Sana munosabati bilan O‘zbekiston Milliy axborot agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha sharhlovchisi Dovud Abibullayev hamda fotomuxbiri Maqsad Habibullayevga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashining faxriy yorlig‘i hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

O‘zA