Maxsus bo‘limlar o‘z faoliyatini boshladi

Davlatimiz rahbarining topshirig‘i bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasini yanada kompleks rivojlantirish maqsadida 3 ta yo‘nalish bo‘yicha yangi maxsus bo‘limlar ochildi.
Xususan “Qoraqalpog‘iston Respublikasida loyihalarni amalga oshirish markazi” loyiha ofisi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzurida Tadbirkorlikka ko‘maklashish direksiyasi tashkil etildi. Mazkur Direksiya Nukus shahri va tumanlarda sanoat ob’ektlari uchun bino qurish, ularni ijaraga berish, sotish va boshqa muhim vazifalarni amalga oshiradi.
Vazirlar Kengashi tuzilmasida Tashqi beg‘araz ko‘mak mablag‘larini (grantlarni) jalb qilish va donorlar bilan ishlash bo‘limi ochildi. Ushbu maxsus bo‘lim faoliyati Vazirlar Kengashi Raisi tomonidan muvofiqlashtiriladi. Tashqi beg‘araz ko‘mak mablag‘larini (grantlar) jalb qilish va donorlar bilan ishlash doirasida bo‘limga har tomonlama ko‘mak berib boriladi.
Shuningdek, Jumamuratov Berdax Jabbarbergenovich – “Qoraqalpog‘iston Respublikasida loyihalarni amalga oshirish markazi” loyiha ofisi direktori, Hasanov Ulug‘bek Qurbanbayevich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi Tadbirkorlikka ko‘maklashish direksiyasi direktori, Idirisov Kamalatdin Abatbay o‘g‘li – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Tashqi beg‘araz ko‘mak mablag‘larini (grantlar) jalb etish va donorlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i lavozimlariga tayinlandi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri