Futbol: Qo‘hna qit’ada kubok bahslari o‘tkazildi

180

Futbol bo‘yicha Yevropaning eng kuchli beshta chempionati doirasida mamlakat kubogi bahslari bo‘lib o‘tmoqda.

Jumladan, Angliya liga kubogining yarim finalidan o‘rin olgan “Nyukasl” — “Arsenal” bahsida mezbonlar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi va final bosqichiga yo‘l oldi. Eslatib o‘tamiz jamoalarning birinchi o‘yinida ham “Nyukasl” aynan shu hisob bilan safarda g‘olib bo‘lgan edi.

Bugun tunda “Liverpul” o‘z maydonida “Tottenxem”ni qabul qiladi. Bu jamoalarning ilk o‘yinida “Tottenxem” 1:0 hisobida zafar quchgan edi.

Italiya kubogida esa chorak final uchrashuvlari o‘tkazildi. Unda “Roma“ safarda “Milan“ mehmoni bo‘ldi. Ushbu bahs mehmonlar foydasiga 3:1 hisobida yakunlandi. O‘yinda hamyurtimiz Eldor Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushib, ikkinchi bo‘limning ilk daqiqasida almashtirildi. Kubokda “Atalanta” o‘z maydonida “Bolonya” klubiga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Shu tariqa, “Milan” va “Bolonya” yarim finalga yo‘l oldi.

Endi 26-27 fevral kunlari 1/4 final bosqichida “Inter” – “Latsio”, “Yuventus” – “Empoli” jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi.

Ispaniya kubogining chorak finalida “Leganes” va “Real” jamoalari o‘zaro bahslashdi. “Qirollik klubi” mehmonda 2:3 hisobidagi g‘alabaga erishdi. Shuningdek, Madrid shahrining ikkinchi klubi bo‘lgan “Atletiko” o‘z maydonida “Xetafe” ustidan 5:0 hisobida zafar quchdi.

Bugun, 6 fevraldan 7 fevralga o‘tar kechasi “Real Sosedad” – “Osasuna”, “Valensiya” – “Barselona” jamoalari yarim final yo‘llanmasi uchun o‘zaro kuch sinashadi.

Germaniya kubogi bahslarining chorak finalida “Shtutgart” 1:0 hisobida “Augsburg” klubidan ustun kelgan bo‘lsa, “Bayer” va “Kyoln” o‘rtasidagi o‘yin 3:2 hisobida o‘z nihoyasiga yetdi. 26-27 fevral kunlari “Arminiya Bilefeld” – “Verder”, “RB Leypsig” – “Volfsburg” jamoalari yarim final yo‘llanmasiga ega chiqish uchun raqobatlashadi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA