FIDE delegatsiyasi O‘zbekistonda
172

Shu kunlarda mamlakatimizda mehmon bo‘lib turgan Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) prezidenti maslahatchisi Berik Balgabayev boshchiligidagi delegatsiya poytaxtimizda o‘tayotgan “Al-Beruniy“ II xalqaro turniridagi bahslarni kuzatish asnosida O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi o‘rinbosari Komil Sindorov bilan uchrashdi. Muloqot davomida yurtimizda shaxmatni ommalashtirish borasida qilinayotgan ishlarga yuqori baho berdi.
FIDE delegatsiyasi sport vaziri Adham Ikromov bilan uchrashuvda bugungi kunda O‘zbekiston dunyoda shaxmat rivojlangan mamlakatlardan biriga aylanayotganini e’tirof etdi. O‘zbekiston shaxmatchilarining nufuzli xalqaro musobaqalarda erishayotgan natijalari e’tiborli ekanini ta’kidladi.

Muloqot davomida 2026 yili Samarqandda bo‘lib o‘tadigan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga kompleks tayyorgarlik ko‘rish masalalariga oid qator masalalar muhokama markazida bo‘ldi.
Uchrashuv yakunida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish borasida tegishli vazifalar belgilab olindi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA