JSST Ukraina uchun 110 million dollar so‘rayapti

250

Rossiya – Ukraina urushi boshlangandan deyarli uch yil o‘tib, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 2025 yil uchun favqulodda murojaatini e’lon qildi.

Maktubda aytilishicha, JSST hozirgacha mojaro bilan bog‘liq 68,4 million dollarlik insonparvarlik yordami ajratgan. Endi Ukraina sog‘liqni saqlash tizimini tiklash va isloh qilishni qo‘llab-quvvatlash uchun yana 41,6 million dollar kerak bo‘larkan.

BMT ma’lumotiga ko‘ra, ayni payt 12,7 million ukrainalik shoshilinch gumanitar yordamga muhtoj, ulardan 9,2 millioni u yoki bu shaklda tibbiy yordam olishi zarur. Jumladan, uch million kishining hayoti xavf ostida. JSST ziddiyat rivojini oldindan aytib bo‘lmasligi vaziyat yanada yomonlashishi va urush cho‘zilishiga olib kelishini ta’kidlagan.

– Kelajakda Ukrainada muhim tibbiy xizmatni saqlash va kengaytirishga e’tibori qaratamiz, – deydi tuzilmaning Yevropa bo‘yicha mintaqaviy direktori doktor Xans Kluge. – Statistika ma’lumotlari ortida insonlar taqdiri turibdi: tug‘ish oldidan bo‘lajak farzandi kelajagidan xavotir olayotgan ayollar, ruhiy salomatligi yomonlashishiga qarshi kurashayotgan keksalar va rejali emlanishdan mahrum uch yoshli go‘daklargacha. Shu bois 2025 yil JSST Ukraina Sog‘liqni saqlash vazirligi va boshqa sheriklar bilan yaqin hamkorlik qilib, ularni qo‘llab-quvvatlashni maqsad qilgan.

Люди, перемещенные в резuльтате войны, в транзитном центре в Днепре.

– 2025 yil JSSTning Ukrainada yuzaga kelgan favqulodda vaziyatga javob berish bo‘yicha strategiyasi tezkor va eng zarur tibbiy yordam ko‘rsatish, asosiy tibbiy xizmat uzluksiz ko‘rsatilishini ta’minlash, urushning, ayniqsa jang kechayotgan hududlardagi sog‘liqni saqlash tizimiga keltirgan chuqur salbiy oqibatiga barham berish maqsadlarini ko‘zlaydi, – deyilgan murojaatda.

S.Rahimov,

O‘zA