“Humo arena“ majmuasida “Mishkopad” xayriya tadbiri o‘tkazildi (+video)

206

Yaqinda Toshkentning “Humo” klubi xokkey bo‘yicha Qozog‘iston muntazam chempionati birinchi bosqich so‘nggi uchrashuvida Ostona shahrining “Nomad” klubiga qarshi maydonga tushdi.

Turnirda “Humo” 3:1 hisobida g‘alaba qozonib, muxlislarini quvontirdi.

Uchrashuv yakunida an’anaviy “Mishkopad” xayriya tadbiri tashkil etildi. Unda muxlislar birdamlik va saxovat ruhida qatnashib, 1 312 ta yumshoq o‘yinchoqni arena maydoniga jamladi. Ushbu xayrli tashabbus orqali ular murakkab xastaliklarga chalingan bolalarga g‘amxo‘rlik va mehr-muhabbatini yo‘lladi.

To‘plangan o‘yinchoqlar kam uchraydigan irsiy kasalliklar bilan og‘rigan bolalarga hamda Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markaziga topshiriladi. Tadbir “SMA UMID” va “ISHONCH” xayriya jamg‘armalari ko‘magida tashkil etildi.

N.Ziyodullayeva, A.Ahmedov (videomontaj), O‘zA