Avstraliyada akula yosh qizga hujum qildi
Avstraliya sharqiy sohilida, sayyohlik rivojlangan hududda cho‘milayotgan qiz akula hujumi qurboniga aylandi, deb yozgan CNN.
Favqulodda yordam guruhi Brisben shahridan 80 kilometr shimolda joylashgan Bribi orolidagi Vurim qum sohiliga 17:00 atrofida chaqirilgan.
– Suzayotgan ayolni akula tishlagan va hayotiga xavf tug‘diradigan darajada jarohatlagan, – deydi Kvinslend shtati politsiyasi xodimi. – Natijada jabrlanuvchi vafot etgan.
Avstraliya ommaviy axborot vositalari marhuma 17 yoshda ekanini ta’kidlagan.