Yanvarda iste’mol tovarlari narxi oshdi
177
Statistika agentligining ma’lum qilishicha, yanvar oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari o‘rtacha 0,7 foizga oshgan.
Yanvarda iste’mol sektoridagi narxlarning yillik (2024 yil yanvar oyiga nisbatan) o‘sish darajasi 9,9 foizni tashkil etgan.
2025 yilning yanvar oyida iste’mol narxlari indeksi tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rtacha 0,8 foiz, nooziq-ovqat tovarlari 0,3 foiz va aholiga pullik xizmatlar ko‘rsatish narxlari o‘rtacha 1,1 foizga oshgani kuzatilgan.
Mazkur hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun 10 mingdan ortiq savdo nuqtalari va xizmat ko‘rsatish ob’ektlarida 120 mingdan ziyod narxlar qayd etilgan.
420 turdagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari va 90 turdagi xizmatlar narxlari kuzatildi.
Sh.Mamaturopova,
O‘zA