O‘zbekiston – Iordaniya iqtisodiy hamkorligi yo‘lga qo‘yiladi
214
Iordaniya Hoshimiylar Qirolligining “Ammon yangiliklari” nashri ushbu mamlakat investitsiyalar vaziri, muhandis Mutanna G‘arayba O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va unga hamrohlik qilgan delegatsiyani qabul qilganini yoritdi.

Maqolada o‘zaro do‘stona munosabatni chuqurlashtirish, sarmoya, iqtisodiyot, savdo sohalarida hamkorlikni kengaytirish, xususan to‘qimachilik mahsulotlari, o‘g‘it ishlab chiqarish, kimyo va farmatsevtika sanoati, shuningdek davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi umumiy manfaatli sheriklik o‘rnatish masalalari muhokama qilingani ta’kidlangan.
Uchrashuv davomida hukumatlararo komissiya tuzish, qo‘shma biznes-forumlar o‘tkazish, sarmoyaviy loyihalar ishlab chiqish kabi dolzarb mavzular ham ko‘tarilgan.
Muharrama Pirmatova, O‘zA