Eng kuchli sablyachilar aniqlandi
139

Toshkent shahrida joylashgan “Paxtakor” va “Yoshlik” qilichbozlik zallarida U17 yosh toifasidagi yigit va qizlar o‘rtasida qilichbozlik bo‘yicha O‘zbekiston chempionati davom etmoqda.
O‘zbekiston Sport vazirligi, Qilichbozlik federatsiyasi va bir qator tashkilotlar tomonidan o‘tkazilayotgan mamlakat chempionatida sablya yo‘nalishi bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

Sablya yo‘nalishining yakkalik bahslarida Nurxiyat Kalniyazova hamda Bekzod Tajadinov oltin medalga sazovor bo‘ldi. Jamoaviy bellashuvlarda qoraqalpog‘istonlik o‘g‘il va qizlar tengsiz bo‘ldi.
Ma’lumot o‘rnida: 6 fevral kuniga qadar davom etadigan mazkur chempionatda qilichbozlikning shpaga va rapira bo‘yicha bahslari ham o‘tkaziladi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA