Professional boks: Jalolov Jo Joys bilan jang o‘tkazish niyatida

197

Boks bo‘yicha ikki karra Olimpiya o‘yinlari g‘olibi, professional boksning superog‘ir vaznida jang olib borayotgan hamyurtimiz Bahodir Jalolov 2016 yili Rio Olimpiadasida ro‘baro‘ kelgan britaniyalik Jo Joys bilan jang o‘tkazish niyati borligini bildirdi.

Bundan 9 yil muqaddam Braziliyada o‘tkazilgan Olimpiya o‘yinlarida yosh Jalolov Jo Joys bilan chorak finalda jang o‘tkazib, ochkolar hisobida imkoniyatni boy bergandi.

Ayni paytda AQSHda navbatdagi jangiga hozirlik ko‘rayotgan Bahodir Jalolov Joys bilan jang o‘tkazishdan xursand bo‘lishini, unchaga professional boksda 1-2 ta bahslarda qatnashib olishi kerakligini aytib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbek sportining faxri Bahodir Jalolov 6 fevral kuni Kanadaning Monreal shahrida o‘tadigan boks oqshomida fransiyalik Devid Spilmont bilan kuch sinashadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA