Savdo urushi boshlanyapti(mi?)
AQSH Xitoy mahsulotlariga solgan 10 foizlik bojga qarshi Pekin ham keskin chora ko‘rishini e’lon qildi.
Savdo vazirligi bayonotida XXR hukumati Jahon savdo tashkilotiga shikoyat yo‘llab, “o‘z huquqi va manfaatini qat’iy himoya qilish maqsadida” javob berishga tayyorlanayotgani bildirilgan, deb yozdi “Politico” nashri.
Qo‘shma Shtatlar Prezidenti Donald Tramp Xitoy tovarlariga 10 foiz, shuningdek Kanada va Meksikadan kirib keladigan mahsulotlarga 25 foiz boj joriy etib, Yevropa Ittifoqiga nisbatan ham xuddi shunday amaliyot qo‘llanishi bilan tahdid qilgan.
Tramp bu qarorini mamlakatda o‘lim holati haddan tashqari ko‘payishiga olib kelayotgan tartibsiz immigratsiya va transchegaraviy oqim bilan bog‘ladi.
XXR bayonoti Meksika va Kanadaga qaraganda noaniqroq bo‘lib turibdi. Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudo seshanba kunidan boshlab Ottava taxminan 21 milliard dollarlik tovarga 25 foizlik soliq joriy etilishini aytdi.
Musulmon Ziyo, O‘zA