Doktorant tanlov g‘olibi bo‘ldi

217

2025 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasiga tayanch doktoranturada tahsil olayotganlar o‘rtasida o‘tkazilgan tanlovda Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) mutaxassisligining 3-kurs tayanch doktoranti Aybolg‘an Borasheva ijtimoiy-gumanitar fanlar yo‘nalishi bo‘yicha g‘olib bo‘ldi.

Jami 5 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovga 72 nafar nomzod hujjat topshirgan bo‘lsa, maxsus komissiya tomonidan ular orasidan 10 nafari g‘olib deb topildi.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joiz, tayanch doktoranti Aybolg‘an Borasheva ayni paytda “Elevating Willingness to Communicate via Flipped Classroom of ESP learners” (“Maxsus maqsadlar uchun ingliz tilini o‘rganuvchi talabalar o‘rtasida Flipped Classroom orqali suhbatga tayyorgarligini oshirish”) mavzusida ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib bormoqda. Ilmiy mavzusi bo‘yicha bugungi kungacha nufuzli xorijiy ilmiy jurnallarda 3 ta, Oliy attestatsiya komissiyasi tarkibidagi ilmiy jurnallarda 8 ta maqola, xalqaro va respublika anjumanlarida 19 ta tezis chop etgan hamda 1 ta darslik nashr etilgan.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri